Xavfsizlik Kengashida 2019/20 yillarda a´zolik uchun Germaniya nomzodligi

Rasmni kattalashtirish

Germaniyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Shtaynmayer 2016 yil 27 iyun kuni Hamburgda Germaniya BMT Xavfsizlik kengashining 2019/20 yillardagi a’zoligi uchun o‘z nomzodini qo‘yishini  e’lon qildi. Bosh Assambleyada saylovlar 2018 yil iyun oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Navbatdagi nomzodlik (oxirgi marta biz 2011/12 yillarda Xavfsizlik Kengashining a’zosi bo‘lgan edik) Xavfsizlik Kengashi oldida turgan barcha vazifalarni bajarishda tinchlik va xavfsizlikka faol hissa qo‘shish yo‘lidagi siyosiy irodamizning bir ifodasidir. Navbatdagi a‘zoligimiz bizning Birlashgan Millatlar tashkilotidagi o‘rnimizni va mavqeyimizni tasdiqlaydi.  

Außenminister Steinmeier bei seiner Rede zur Verkündung der Kandidatur Rasmni kattalashtirish (© Thomas Trutschel/photothek.net )

Global va Mintaqaviy tadqiqotlar bo‘yicha Leybnits instituti (GIGA) taklifiga binoan „GIGA Distinguished Speaker Lecture Series“ doirasida Hamburg shahrining hokimiyatidagi nutqida Shtaynmayer BMT Xavfsizlik Kengashi ahamiyatini ta'kidlab o‘tdi:  

„BMT va Xavfsizlik Kengashi bizga hozirgi notinch vaqtlarda tinchlik sari sa’y-harakatlarimizda yanada ko´proq kerak. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xafsizlik Kengashi tobora ko´proq tanqidga uchrasa ham va afsuski haqiqatdan ham, ba'zan cheklab qo´yilsa  ham, u kelishmovchiliklarning oldini olish va tinchlikni saqlashga qaratilgan xalqaro kuchga ega choralarni ko´rish uchun qaror qabul qila oladigan yagona tashkilotdir. Barcha ishonchsizliklarga qaramay, o'tgan yili 63 resolutiyadan 60 tasi Kengash tomonidan yakdillikda qabul qilindi. Xavfsizlik Kengashi inqirozlarni bartaraf etishda bosh boshqaruvchidir!

Bu aynan Germaniya uchun ham alohida ahamiyatga ega. Chunki, Shtaynmayerning ta´kidlashicha: „Iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tomondan jahon bilan juda chambarchas bog´langan davlat sifatida, bazi  bir tadqiqotlar tomonidan hatto dunyodagi eng tarmoqlashgan davlat  sifatida tan oligan Germaniya,  vazifalarni bajara oladigan, tinchliksevar va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibga  muhtojdir. Shunday ekankiligi uchun ham , biz bu tartibni  saqlab qolinishi va yanada  rivojlanishi uchun ko´proq xarakat qilishimiz kerak.“

Germaniyaning Birlashgan Millatlardagi sa´y-harakatlarini quyidagi tushunchalar ostida umumlashtirish mumkin „Tinchlik, adolat, hamkorlik va innovatsiya“. Ular saylov kampaniyasining asosiy tamoyillaridir.

Rasmni kattalashtirish

Tinchlik

 Ag´dar- to´ntar bo´lgan bir dunyoda xalqaro hamjamiyat xozirgacha bo´lgan va yangi turdagi tahdidlarga tayyor bo´lish uchun  har qachongidan ko´ra ko´proq kerak. Bu yo´lda Germaniya ishonchli hamkordir: Deyarli 30 yildan buyon biz tinchlik missiyalarini xodimlar va mablaqlar bilan  ta´minlab kelamiz. Ziddiyatlarni oldini olish, barqarorlik, ziddiyatlardan  keyingi yordam va qurollanish ustidan  nazorat bizning tashqi siyosatimizning ustunlarini tashkil etadilar.

Adolat

Germaniya o´z vazifalarini bajara oladigan va qadriyatlarga asoslangan dunyo tartibi tarafdoridir. Inson huquqlari bizning dunyoda yonma-yon yashashimiz  uchun asosdir. Jinslar tengligi va barcha hotin-qizlar o´z taqdirini o´zi belgilashi, jamiyatga integratsiya va iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy  sohadagi huquqlar biz har kuni global miqyosda javobgar bo´lgan bizning asosiy qadriyatlarimizni tashkil etadi.

Innovatsiya

Bizning asosiy vazifalarimizdan biri bu iqlim sohasidagi siyosatdir. Parijda qabul qilingan, qonuniy kuchga ega iqlim o´zgarishi boyicha shartnoma dunyo bo'ylab barqaror energiya ta'minoti uchun yo'l ochdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof muhit dasturining tasis  a'zolaridan biri sifatida , biz qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi ilgor davlat sifatida  boy tajribalarimiz va intilishlarimiz  bilan almashinamiz. Barcha bolalar va yoshlar uchun teng va sifatli ta'lim ham bizning markaziy vazifalarimizdan o´rin olgan. Birinchi nazar tashlaganda bu mavzular xafsizlikga tegishli emasdek ko'rinadi, lekin ular tinch, erkin jamiyatlar uchun asosiy talablardirlar. Suv ta´minotisiz, ta'lim va toza atrof- muhitsiz hech qanday xavfsizlik bo'lishi mumkin emas.


Sitzung des UN-Sicherheitsrats Rasmni kattalashtirish (© picture alliance / dpa)

Hamkorlik

Germaniya butun dunyo uchun ochiq hamkor. Biz uchun  hamkorlik teng tomonlar ortasidagi muloqatni anglatadi. Biz o'rganishni va  tajribamiz rivojlanishga xizmat qilishini istaymiz. Shuning uchun biz rivojlantirishni qo´llab-quvvatlashni kelajakga qaratilgan bir sarmoya sifatida tushunamiz: rivojlantirishni qo´llab-quvvatlashni bu tuzilmalarni yaratish, bilim va  fikr almashish, o'z-o´ziga yordam qilish salohiyatini yaratishdir. Germaniya  dunyoga inson qiyofa berishni istaydi va  bunga hissa qo´sha oladi. Bunga qochqinlar bilan adolatli va insoniy muomala qilish ham kiradi. Qochqinlikga olib keluvchi sabablarni o´z joylarida bartaraf etish zarur.   Shu sababdan Germaniya BMTning  qochqinlar ishi bo´yicha agentligi va Jahon oziq-ovqat dasturi kabi gumanitar tashkilotlarda keng ko´lamda ishtirok etadi.

Xavfsizlik Kengashida 2019/20 yillarda a´zolik uchun Germaniya nomzodligi

UN-Vollversammlung 2012