Viza ma’lumotlari tizimi – VMT

VIS - Visa Information System Rasmni kattalashtirish (© EU Komission)

VMT – bu Shengen davlatlari o‘rtasida viza borasidagi ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimidir. VMTning asosiy maqsadlari viza olish uchun hujjat topshirish jarayonini osonlashtirish, tashqi chegaralardagi nazoratlarni yengillashtirish va xavfsizlikni – arizachining o‘zi uchun ham – kuchaytirishdan iboratdir.

Shengen davlatlarining Viza ma’lumotlari tizimi (VMT) 2011 yil 11 oktabrdan boshlab ishga tushgan. Shengen davlatlari elchixonalarining viza bo‘limlari ushbu tizimga bosqichma-bosqich qo‘shib borilmoqda. 

VMTni amalda tadbiq etish maqsadida Shengen davlatlarining konsullik vakolatxonalari va chegara punktlari VMTning markaziy ma’lumotlar bazasiga biriktiriladi.

VMT tufayli ayrim o‘zgarishlar yuzaga keladi:

   - vizani ilk bor rasmiylashtirish vaqtida tegishli biometrik ma’lumotlar olinishi uchun arizachining shaxsan o‘zi kelishi kerak: yani, arizachining surati va uning 10 ta barmog‘idan izlar olib qolinadi.

   - Agar 5 yil ichida viza uchun yana hujjat topshirilsa, unda VMTdagi tegishli faylda saqlab qo‘yilgan barmoq izlaridan qaytadan foydalanish mumkin bo‘ladi va natijada arizachining hujjat topshirish uchun shaxsan kelishi shart bo‘lmaydi.

   - Shengen davlatlari hududiga kirish punktlarida chegara nazoratiga mas’ul idoralar sayohatchining shaxsini VMTga kirish orqali aniqlash imkoniyatiga egadirlar.

Batafsil ma’lumotlarni Yevropa komissiyasining internetdagi

http://ec.europa.eu/dgs/home-affairs/what-we-do/policies/borders-and-visas/visa-information-system/index_en.htm
web-sahifasidan olishingiz mumkin.

Viza ma’lumotlari tizimi – VMT

VIS - Visa Information System