Viza masalalari

Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasining konsullik va viza bo'limi quyidagilarni ma'lum qiladi:

2013 yil 14 noyabrdan boshlab Shengen vizasini olish uchun ariza topshirilgan vaqtda Viza ma’lumotlari tizimiga (VMT) asosan arizachilardan barmoq izlari olinadi.

VMT – bu Shengen davlatlari o‘rtasida viza borasidagi ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimidir. VMTning asosiy maqsadlari viza olish uchun hujjat topshirish jarayonini osonlashtirish, tashqi chegaralardagi nazoratlarni yengillashtirish va xavfsizlikni – arizachining o‘zi uchun ham – kuchaytirishdan iboratdir.

Shengen davlatlarining Viza ma’lumotlari tizimi (VMT) 2011 yil 11 oktabrdan boshlab ishga tushgan. Shengen davlatlari elchixonalarining viza bo‘limlari ushbu tizimga bosqichma-bosqich qo‘shib borilmoqda. 

VMTni amalda tadbiq etish maqsadida Shengen davlatlarining konsullik vakolatxonalari va chegara punktlari VMTning markaziy ma’lumotlar bazasiga biriktiriladi.

VMT tufayli ayrim o‘zgarishlar yuzaga keladi:

   - vizani ilk bor rasmiylashtirish vaqtida tegishli biometrik ma’lumotlar olinishi uchun arizachining shaxsan o‘zi kelishi kerak: yani, arizachining surati va uning 10 ta barmog‘idan izlar olib qolinadi.

   - Agar 5 yil ichida viza uchun yana hujjat topshirilsa, unda VMTdagi tegishli faylda saqlab qo‘yilgan barmoq izlaridan qaytadan foydalanish mumkin bo‘ladi va natijada arizachining hujjat topshirish uchun shaxsan kelishi shart bo‘lmaydi.

   - Shengen davlatlari hududiga kirish punktlarida chegara nazoratiga mas’ul idoralar sayohatchining shaxsini VMTga kirish orqali aniqlash imkoniyatiga egadirlar.

*********************************************************

2010 yil 15 noyabrdan  boshlab  O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga  viza berish tartibiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlar kuchga kirgan.  Ushbu o'zgartirishlar  barcha turdagi passport egalariga  ta'lluqli bo'lib, viza talabnomalarini  ko‘rib chiqish  muddatini avvalgi  uch kundan 10 kunga  uzaytirilishini  yuzaga keltirdi.  Shu sababli, ushbu sanadan boshlab  O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qisqa muddatda viza berish imkoniyati mavjud emas.

Viza berish tartibiga kiritilgan o´zgartirishlar Shengen shartnomasi davlatlari o'rtasidagi kelishilgan jarajondir va u ushbu shartnomaga a'zo barcha davlatlar elchixonalarida viza berish tartibini uzaytirilishiga olib keladi.

Hujjatlarni elchixona tomonidan belgilangan muddatda ko'rib chiqilishini ta'minlash maqsadida Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi barcha arizachilarni o'z viza talabnomalarini imkon qadar barvaqt topshirishlarini so'raydi. Viza talabnomasidagi ma'lumotlarning viza berish tarmog'iga kiritilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida berilishi sababli, elchixona viza talabnomalarni safar boshlanishidan kamida 14 kun oldin viza bo'limiga taqdim etishingizni tavsiya qiladi.

Viza talabnomalarini o'z vaqtida taqdim etmagan arizachilarni rejalashtirilgan safar muddatigacha viza berish imkoni yo'qligiga va elchixona safarni rejalashtirgan shaxs uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zarar uchun javobgar emasligiga yozma ravishda xabardor qiladi.

Visa Kodeksiga muvofiq quyidagi hollarda Shengen vizasi uchun arizalar qabul qilinmaydi:

1. ariza rejalashtirilgan safarning boshlanishidan 3 oydan oldin topshirilganda;
2. ariza to‘ldirilmagan yoki imzolanmagan bo‘lsa;
3. agar arizachi:
      a. rejalashtirilgan safar boshlanganidan keyin kamida 3 oy muddatga amal qiladigan va
      b. kamida ikkita bo‘sh sahifaga ega bo‘lgan va
      a. oxirgi 10 yil ichida berilgan
safar hujjatini taqdim etmasa;
4. arizachining fotosurati 12 oydan oldin rasmga olingan bo‘lsa.

Germaniya Federativ Respublikasining Ozbekistondagi elchixonasi Shengen shartnomasi asosida Avstriya, Ispaniya, Finlandiya va Shvetsiya davlatlari hududiga kirish uchun viza beradi.

Yuqorida keltirilgan davlarlarning milliy vizalari Germaniya elchixonasi tomonidan berilmaydi.

Fransiya elchixonasi tomonidan Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya hamda Islandiya davlatlariga kirish vizasi beriladi.
Italiya elchixonasi Norvegiya, Gretsiya, Sloveniya hamda Malta
davlatlari hududiga kirish uchun viza beradi.
Latviya elchixonasi
Estoniya, Litva, Shveysariya va Vengriya davlatlari hududiga kirish uchun viza beradi.
Polsha, Slovakiya hamda Chexiya elchixonalari hozirgi vaqtda biror bir boshqa davlat hududiga kirish uchun viza bermaydi.

Viza bo'limining ish tartibi: dushanbadan jumagacha 08:00 dan 12:00 gacha (qabul vaqti 11:00 gacha).

eingefrorenes Geld

Talabalar uchun Germaniyadagi bankda cheklangan hisob raqamini ochish

Viza talabnomasining ko‘rib chiqilishi jarayonida yetarlicha mablag‘ mavjudligini cheklangan hisob raqami vositasida tasdiqlash mumkin. Hozirda elchixonaga Germaniya hududida talabalarga cheklangan hisob raqamini ochish bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotgan quyidagi tashkilotlar ma’lum:

Fintiba
Deutsche Bank

Siz borib tahsil olmoqchi bo‘lgan Germaniyadagi shaharning biror mahalliy bankida ham cheklangan hisob raqamini ochish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin. Buni bank bilan bevosita bog’lanib, aniqlashtirishingizni so’raymiz. 

Muhim eslatma!

Verbotsschilder

Xavfsizlik va maxfiylik sabablariga ko‘ra sumka, uyali telefon, foto va video uskunalar, planshet va xavfli buyumlarni elchixona hududiga /viza bo'limiga olib kirish mumkin emasligiga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

Elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimi

Kalender Rasmni kattalashtirish (© colourbox) Diqqat!!! Viza turi va safardan ko‘zlangan maqsaddan qat’iy nazar, viza so‘rovnomalarini topshirishdan avval Siz qabul uchun ro‘yxatga oldindan yozilishingiz lozim. 

Visaga ariza topshirish uchun onlayn-tizim orqali elektron ro‘yxatdan o‘tish lozim. Tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga qat’iy rioya qiling hamda pasport raqami va ism-familiyangiz borasida aniq ma’lumotlarni kiriting. Aks holda ariza topshirishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Elektron ro‘yxatga elchixonaning internetdagi sahifasi orqali mustaqil va bepul ravishda yozilish mumkin. Agar Siz uchinchi shaxslar orqali ro‘yxatga yozilishni amalga oshirsangiz, bu holatda elchixonaning viza bo‘limi ularning jiddiyligi borasida hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligiga e’tibor qarating.

Quyidagi havola orqali elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimiga kirishingiz mumkin.

Viza bo'limi

Öffnungszeit

barcha arizalarni
dushanbadan jumagacha:
soat 08.00 dan 11.00 gacha
qabul qiladi.

Telefon qo'ng'iroqlari faqat dushanbadan payshanbagacha
soat 14.00 dan 16.00 gacha
qabul qilinadi: Tel: +99871-1208486 

Shengen vizasi uchun Viza ma’lumotlari tizimi (VMT) va biometrik ma’lumotlar

Blaues Informationsschild

Shengen vizasini olish uchun ariza topshirilgan vaqtda arizachilardan barmoq izlari ham olinadi. Bunga Viza ma’lumotlari tizimi (VMT) asos bo‘lib xizmat qiladi. Batafsil ma’lumotlarni quyidagi sahifada olishingiz mumkin:

Xalqaro mutaxassislar uchun portal: www.make-it-in-germany.com

Studierende mit Laptop

www.make-it-in-germany.com sahifasi xalqaro mutaxassislar uchun bir nechta tilda yuritiladigan rasmiy onlayn-portal hisoblanadi. Unda Germaniyaga kelish istagida bo‘lgan malakali shaxslar Germaniyaga ko‘chib o‘tishni muvaffaqiyatli amalga oshirish, bu yerga kelish va undagi ilk qadamlar haqida ma’lumotlar olishlari mumkin.

Quyida havolalar orqali mazkur portalning rus, ingliz va nemis tillaridagi sahifalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishingiz mumkin:
  Работа, обучение и учеба в Германии
  Arbeit, Ausbildung und Studium in Deutschland
  Working, training and studying in Germany