Chet el diplomlarining Germaniyada tan olinishi

Anerkennung in Deutschland Rasmni kattalashtirish (© bibb) „Anerkennung-in-Deutschland“ – chet el diplomlarini tan olish bo‘yicha Germaniya Federativ Respublikasi qonuniga doir rasmiy onlayn-portal hisoblanadi. Migrantlar va chet ellik mutaxassislar kasbiy ta’lim bo‘yicha o‘z vatanlarida olgan hujjatlarining tan olinishi uchun qayerda va qay tarzda ariza topshirishlari mumkinligi haqida ushbu portaldan ma’lumot olishlari mumkin. Quyidagi sahifaning „Anerkennungs-Finder“ bo‘limi Sizga Sizning masalangiz bo‘yicha mas’ul tashkilotlarni topib beradi:

http://www.anerkennung-in-deutschland.de/tools/berater/berater

Bundan tashqari, konsultantlar ushbu web-sahifada chet elda egallangan kasb-hunarning tan olinishi bo‘yicha jarayon hamda huquqiy me’yorlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni topishlari mumkin. Portaldagi barcha ma’lumotlar ingliz va nemis tillarida joylashtirilgan. Portal Ta’lim va tadqiqotlar bo‘yicha Germaniya federal vazirligi topshirig'i bilan Kasb-hunar ta’limi bo‘yicha federal institut tomonidan yuritiladi.

Batafsil ma’lumotlar: www.anerkennung-in-deutschland.de

Chet el diplomlarining Germaniyada tan olinishi

Junge Frau schaut durch Turm aus Büchern