O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar o’rtasida ifodali o‘qish bo‘yicha 10-tanlov

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi 2017 yil 20 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi „Shayxontohur“ akademik litseyi binosida O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar o‘rtasida ifodali o‘qish bo‘yicha o‘zining 10-tanlovini o‘tkazdi.

Tanlovda Germaniyaning 16 nafar hamkor maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda O‘zbekistonning turli shahar va tumanlaridan tanlab olingan qo‘shimcha 13 nafar maktab va akademik litseylarning ichki saralash bosqichida aniqlab olingan o‘quvchilari ishtirok etishdi.

O‘quvchilarning nemis tilidagi matnni tushunishi va uni ifodali o‘qish bo‘yicha salohiyatlari Gyote instituti, Xorijdagi maktablar bo‘yicha Germaniya markaziy boshqarmasi (ZfA) va Germaniya elchixonasi vakillaridan iborat olti kishilik hay’at tomonidan baholandi.

Tanlov o’quvchilarning nemis tili bo’yicha bilim darajasidan kelib chiqib, uch xil guruhda o’tkazildi.

„A“ guruhining g’oliblari:

· Remzi Islyamov - Samarqand iqtisodiyat va xizmat ko’rsatish oliygohi qoshidagi 1-sonli akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi

· Hilola Rasulova - Samarqand shahridagi 51-sonli maktabning 10-sinf o’quvchisi

· Regina Raimdjanova - O‘zDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litseyning 1-bosqich o’quvchisi

 „B“ guruhining g‘oliblari

· Gulmira Rahimberganova - Urganch shahridagi 2-sonli akademik litseyning 1-bosqich o’quvchisi

· Hasanboy Sayfuddinov - Andijon viloyati Madaniyat qishlog’idagi 21-sonli maktab-internatning 10-sinf o’quvchisi

· Lola Suvonova - Navoi shahridagi 2-sonli akademik litseyi o’quvchisi

„C“ guruhining g‘oliblari

· Jamshid Sidiqov - Qarshi shahridagi „Nuriston“ akademik litseyining o‘quvchisi

· Sarbinaz Sermanova - 2-o'rinni Nukus shahridagi 1-sonli akademik litseyning o‘quvchisi

· Mahfuza Soatova - Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi 6-sonli maktabning o‘quvchisi

Tanlov kunidagi tanaffuslar doirasida ishtirokchilar Ozbekistonda madaniyat sohasida faoliyat korsatayotgan germaniyalik yoshlar bilan muloqot qilish, ular bilan har xil guruh oyinlarida ishtirok etish, hattoki, oqituvchilar va oquvchilardan iborat Korlar orkestrini sahnalashtirish imkoniyatiga ega bolishdi.  

Otgan davr ichida oziga xos ananaga aylangan ushbu tanlov oquvchilarni ozaro raqobat orqali qollab-quvvatlaydi va nemis tilini organishda ularga zavq ulashadi.