Nemis tilida so‘zlashuvchi havaskor teatr guruhlarining 10-teatr festivali

2017 yil 18-19 noyabr kunlari O‘zbekiston Yoshlar teatri sahnasida nemis tilida so‘zlashuvchi o‘zbekistonlik havaskor teatr guruhlarining an’anaviy teatr festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu festival doirasida Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi „Wiedergeburt“ nemis madaniyati markazlarining havaskor teatr guruhlari so‘nggi bir yil davomida o‘zlashtirgan asarlarni sahnada namoyish etishdi.

Yubiley festivalini shanba kuni aka-uka Grimmning „Zolushka“ nomli mashhur ertagi asosida tayyorlangan sahna asari ijrosi bilan buxorolik havaskor teatr guruhi boshlab berdi. Samarqand vakillari esa pul emas, balki aql-idrok va bilim har bir insonning hayotidagi eng muhim narsa ekanligi haqida hikoya qiluvchi „Baxt – bu ...“ nomli asar bilan sahnaga chiqishdi.

Festivalning ikkinchi kuni farg‘onaliklar adolatning har doim tantana qilishini hikoya qiluvchi „Kvadrat dunyo“ sahna asarini namoyish etishdi. Toshkent shahri vakillari tomonidan taqdim etiladigan „Katta shaharning kichik voqealari“ nomli asar aka-uka Grimmning „Bremenlik musiqachilar“ ertagi asosida tayyorlangan.

„Eng yaxshi scenariy“ va „Eng yaxshi erkak roli“ yo’nalishida „Wiedergeburt“ning Farg’onadagi madaniy markazi, „Eng yaxshi ayol roli“ va „Eng yaxshi nemis tili“ yo’nalishlari bo’yicha esa Samarqand madaniy markazi g’olib chiqishdi.

Batafsil

Theaterfestival 2017