"Maktablar: kelajak hamkorlari" tashabbusi

"Bilim istiqbolga yo‘l ochadi – bir nechta chet tillarini bilish esa imkoniyatlarni kengaytiradi. Chet ellardagi hamkor maktablarimizda biz nafaqat o‘z tilimizni o‘rganishga va ta’lim tizimimizdan bahramand bo‘lishga imkoniyat yaratmoqchimiz, balki bir-birimizga nisbatan qiziqish va o‘zaro anglashuvni uyg‘otmoqchimiz. Madaniy turfa xillikka nisbatan ochiqlik va o'zgalar shaxsiga nisbatan bag‘rikenglik bir-birini aslo inkor etmaydi. Buni chuqurroq anglash uchun bizga o‘zaro muloqot, birgalikda o‘qish va ijod qilish uchun turli maskanlar yanada zarurdir. Biz o‘zimizni xalqaro miqyosdagi ta’lim hamjamiyati sifatida qancha ertaroq anglab yetsak, kelajak muammolarini shuncha vaqtliroq hal qila olamiz. Chet ellardagi hamkor maktablarimiz bizga ushbu yo‘nalishda yo‘l ochib berishadi".

Frank-Valter Shtaynmayer, Germaniya tashqi ishlar vaziri (2005 - 2009)

Frank-Valter Shtaynmayer "Maktab: kelajak hamkori“ tashabbusiga asos soldi. Ushbu tashabbusning maqsadi kamida 1500 ta hamkor maktabni qamrab olgan global tarmoqni tashkil qilish va bu bilan yoshlarda zamonaviy Germaniya va uning jamiyatiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otishdan iboratdir. Bu tashabbusni amalga oshirish uchun 2008 yilda 45 million yevro miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Tashabbus Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va Xorijdagi nemis maktablarining markaziy boshqarmasi, Gyote instituti, Germaniya madaniyat vazirlarining doimiy anjumani qoshidagi pedagogik almashinuvlar xizmati (PAD) hamda Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Xorijdagi nemis maktablari va „Nemis tili diplomi“ beradigan maktablar tarmog‘i ham mustahkamlanmoqda va kengaymoqda. Bundan tashqari, maktablar bo‘yicha hamkorlik milliy ta’lim tizimlari doirasida nemis tilining chet tili sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlab borish orqali ham kengaytirilmoqda. Biz Germaniya bilan faol va uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatmoqchimiz hamda maktablar, ularning o‘qituvchi va o‘quvchilarida ochiq muloqot yuritishga va bir-biri bilan hamkorlik qilishga nisbatan qiziqish uyg‘otmoqchimiz. Shuning uchun tashabbus doirasida ko‘plab maktablarga kengaytirilgan dasturlar asosida yordam ko‘rsatiladi.

Tashabbus doirasidagi qo‘shimcha ta’lim dasturlari vositasida nafaqat o‘quvchilar, balki o‘qituvchilarning ham uzluksiz malaka olishlariga hissa qo‘shiladi. Shu tarzda ushbu tashabbus yordamida yoshlarning Germaniya oliygohlarida ta’lim olishlari hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun malaka ko‘lami kengaytiriladi. Germaniyaning chet ellardagi maktablari va hamkor maktablari bitiruvchilari uchun Germaniya oliygohlarida ta’lim olish uchun to‘liq stipendiyalar soni ikki barobarga ko‘paytiriladi. Turli tanlovlar g‘oliblari uchun xalqaro dastur yanada ko‘proq chet ellik o‘quvchilarga Germaniya bilan bir necha hafta davomida shaxsan tanishish uchun imkoniyat yaratadi.

Ushbu tashabbus haqidagi batafsil ma’lumotni Siz Germaniya Tashqi ishlar vazirligining web-sahifasidan olishingiz yoki quyida „pdf“ formatida (rus tilida) yuklab olishingiz mumkin:

http://www.auswaertiges-amt.de/diplo/de/Aussenpolitik/KulturDialog/SchulenJugendSport/SchulenPartnerDerZukunft/Uebersicht.html

Studierende mit Laptop